Аkbar Joʼraev “Qatar Xalqaro kubogi”da 3 ta oltin medalni qoʼlga kiritdi

Аyni kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida ogʼir atletika boʼyicha “Qatar xalqaro kubogi” musobaqasi boʼlib oʼtmoqda.

Nufuzli musobaqaning bugungi kun uchun belgilangan erkaklar oʼrtasida -109 kilogramm vazn toifasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Аkbar Joʼraev 3 ta oltin medalga sazovor boʼldi.

Vakilimiz dast koʼtarish mashqida 185 kg, siltab koʼtarishda 220 kilogramm va umumiy hisobda 405 kilogramm natija qayd etdi. Polvonimiz ushbu gʼalabasi bilan Tokio Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni yozib qoʼymoqda. Birozdan soʼng Dolera Davronova musobaqa doirasida hamyurtlarimizning chiqishini yakunlab beradi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169