Ogʻir atletikachilarimizdan navbatdagi medallar shodasi

Xabaringiz bor, Qatar poytaxti Doha shahrida ogʻir atletika boʻyicha “Qatar Xalqaro kubogi” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamiz aʼzolari bugun 3 ta medallarni qoʻlga kiritishdi.

Dastlab, terma jamoamiz aʼzosi Doston Yoqubov kumush medalni Oʻzbekiston hisobiga yozib qoʻydi. Musobaqaning bugungi kuniga belgilangan erkaklar oʻrtasida -73 kilogramm vazn toifasida bahslarda hamyurtimiz uchun omadli koʻrinish hosil qildi.

U siltab koʻtarish mashqida 181 kilogramm natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Vakilimiz dast koʻtarish boʻyicha 137 kg, ikki kurash boʻyicha esa 318 kilogramm bilan yakunda beshinchi natijani qayd etdi.

-81 kilogramm vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sarvarbek Zafarjonov siltab koʻtarishda 194 kg natija qayd etib navbatdagi kumush medalni terma jamoamiz hisobiga keltirdi.

Musobaqaning ayollar oʻrtasidagi bahslarida -64 kilogramm vaznda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva dast koʻtarishda 96 kg, siltab koʻtarishda 117 kg, ikki kurash boʻyicha 213 kg natijaga erishib, bronza medali bilan taqdirlandi. 

Ushbu natijalar hamyurtlarimizga Tokio Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi. Eslatib oʻtamiz, kecha musobaqa doirasida boshqa bir sportchimiz Muattar Nabiyeva -55 kilogramm vazn toifasida 3 ta oltin medalga sazovor boʻlgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169