Qozogʼiston zamonaviy biatlon federatsiyasi prezidenti Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 22 dekabr kuni mamlakatimizda Oʼzbektiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputatlar saylovi boʼlib oʼtadi. Shu boisdan ushbu jarayonlarni bevosita kuzatish uchun yurtimizga koʼplab horijiy mehmonlar tashrif buyurmoqda.

Bugun, 20 dekabr kuni Qozogʼiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi raisi hamda bir vaqtning oʼzida zamonaviy biatlon federatsiyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan Imashev Berik Majitovich Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari Oybek Kasimov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Oʼzbekistonda sportga berilayotgan eʼtibor va buning samarasi oʼlaroq, qoʼlga kiritilayotgan natijalar Berik Imashev tomonidan eʼtirof etildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar Oʼzbekistonda beshkurash sportini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha ikki davlat federatsiyalari oʼrtasida memarandumni imzolashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169