Mamlakatimiz kelajagi navqiron yoshlarniki

Mamlakatimizda navqiron avlodni barkamol etib tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish davlatimiz yuritayotgan siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridandir. Bolalar sportini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun yaratilgan sharoit farzandlarimizning har tomonlama sogʻlom voyaga yetishi, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida barpo etilgan, zamonaviy shart-sharoitga ega muhtasham sport majmualari, ochiq va yopiq suv havzalari, stadionlar, sport zallari va maydonlari ming-minglab oʻgʻil-qizlar uchun sevimli maskanga aylangan. Bu yerda ular oʻzi tanlagan sport turlari bilan muntazam shugʻullanish, tajriba va mahoratini oshirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Hozirda shahar va qishloqlarimizda, eng chekka hududlarda ham sport bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bularning barchasi mamlakatimizda bugun jismoniy tarbiya va sport farzand tarbiyasining muhim mezoniga aylangani, sogʻlom turmush tarzi, jismoniy va maʼnaviy kamolot singari mushtarak tushunchalar kundalik hayotimizda mustahkam oʻrin olayotganidan dalolatdir.

Buni poytaxtimizdagi “Jar“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasida joylashgan taekvondo (ITF) toʻgaragi misolida ham koʻrishimiz mumkin. Mazkur toʻgarakda yuzdan oshiq bolalar oʻz mahoratini oshirib kelmoqda.

“Davlatimiz rahbari ommaviy sport inson hayotida, oila mustahkamligida muhim oʻrin tutishi, jismoniy va maʼnaviy barkamollikka erishishda, yoshlarning qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etishini doimo taʼkidlab keladi. Sport yoshlarning dunyoqarashini shakllantiradi. Bola sport bilan band boʻlsa, oilasiga, atrofga yanada teranroq nigoh bilan qaray boshlaydi. Unda mehr-oqibat, ahillik va masʼuliyat tuygʻusi kuchayadi. Ayniqsa, farzandlarimizning kichik yoshdan jismoniy tarbiya va sportga doʻst tutingani ular tarbiyasi uchun gʻoyat ahamiyatlidir. Shu bois farzandini qoʻlidan yetaklab majmuamizga kelayotgan ota-onalar safi tobora kengaymoqda”, deydi taekvondo (ITF) boʻyicha murabbiy Obidjon Abdurahmonov.

Ushbu toʻgarakda yozgi futbol, qishki sport zal, jismoniy holatni tiklash uchun trenajyor zali, yuvinish va kiyinish hamda tibbiyot xonalari bolalar ixtiyorida boʻlsa, ota-onalar uchun kutish xonasi ham mavjud.

Ana shunday barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan toʻgarakda O.Abdurahmonov qoʻl ostida shugʻullanayotgan Imron Habibullaxoʻjayev, Nozima Abdullayeva, Ismoil Ubaydullayev, Diyorbek Badalov, Asadbek Samandarov, Dilmurod Sultonmahmudov, Abdulqodir Abdullayev, Abduvoris Toirov, Abdurahim Toirov, Jaloliddin Akmalov, Muhammadrizo Komiljonov, Eʼzoza Rahmonova, Baxtiyor Nigʻmatov,  Lutfulloh Nigʻmatullayev, Muhammadsolih Rahmatullayev, Abdulloh Abduxalilov kabi yosh sportchilar bir qator xalqaro turnirlarda va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda shohsupaga koʻtarilib kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169