Xalqaro musobaqada gʼolib boʼlgan surxon bokschisi munosib kutib olindi

Joriy yilning 10-15 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari oʼrtasida xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Mehnat Qahramoni Farmon Qurbon oʼgʼli Salmonov xotirasiga bagʼishlangan mazkur "Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogi" turnirida 23 mamlakatdan tashrif buyurgan ring ustalari ishtirok etishdi.

Bellashuvlarda ishtirok etgan charm qoʼlqop ustalarimiz musobaqa yakuniga koʼra, 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʼrinni egallashdi.

Eʼtiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati bitiruvchisi Kattakulov Fazliddin Zafar oʼgʼli barcha raqiblarini yenggan holda oltin medalini qoʼlga kiritdi.

Bugun, 17 dekabr kuni chempion bokschimiz Termiz IOZMI jamoasi va oʼquvchilari tomonidan Surxondaryoda katta xursandchilik bilan kutib olindi.

Eslatib oʼtamiz, turnirda quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʼlishdi:

-57 kg: Fazliddin Kattaqulov (oltin)

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (oltin)

-75 kg: Аbu Nuranov (kumush)

-91 kg: Jamshid Аbdullaev (kumush)

-63 kg: Аliyor Noraliev (bronza)

-81 kg: Shohrux Rustamov (bronza).

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169