Olimpiada sari mukammal yoʼl: Taekvondochilarimiz funktsional tekshiruvdan oʼtkazildi

2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʼlib oʼtadigan Olimpiya oʼyinlariga puxta hozirlik koʼrish yoʼlida Oʼzbekiston va Rossiya Milliy Olimpiya qoʼmitalari oʼrtasida olib borilayotgan hamkorlik doirasida navbatdagi dastur oʼtkazilmoqda.

Uning doirasida Rossiya Olimpiya qoʼmitasi huzuridagi innovatsion markazning tor doiradagi tajribali mutaxassislari ikkinchi bor bir qator sport turlari boʼyicha terma jamoamiz vakillarini funktsional tekshiruvdan oʼtkazmoqda.

Jarayon Milliy Olimpiya qoʼmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida boʼlib oʼtyapti. 

Kuni kecha taekvondo VTF boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari tekshiruvdan oʼtishdi.

Tekshiruv davomida qon tahlillari olinib, sportchilarning individual jismoniy va psixologik holatlari boʼyicha chuqurlashtirilgan tekshiruv olib borildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169