Ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari: Surxondaryodan fotolavhalar

“Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-yanvardagi 65-sonli qarori bilan aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi belgilab qoʻyilgan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Termiz IOZMIda oʻquvchilar har kuni ertalabdan badantarbiya mashgʻulotlarida ishtirok etadi, soʻngra dars jarayoniga yoʻl oladi. Shuningdek, viloyat tumanlarida ham ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlar faol ishtirok etishmoqda.

Quyida ushbu jarayonlar aks etgan fotolavhalar bilan tanishing:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169