Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori trenerlarni xursand qildi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 918-sonli qarori yuzasidan oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari boshliqlari, boshqarma tasarrufidagi sport taʼlim muassasalarining direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlar va trenerlar ishtirok etdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori Ilhomjon Tursunaliyev qarorning mazmun-mohiyatini tinglovchilarga atroflicha tushuntirdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari qaror boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldi.

Oʻz navbatida seminar qatnashchilari mazkur qaror Oʻzbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari boʻyicha trenerlar mehnatiga haq toʻlashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidlab, hukumatimiz rahbariyatiga oʻz tashakkurlarini bildirishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha ham toʻliq maʼlumotlar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169