5ta tashabbus: sportimiz yulduzlari parkentlik yoshlar davrasida

Maʼlumki, davlatimiz rahbari yoshlar orasida ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shulardan ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu borada yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati, Parkent tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida yosh sportchilar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbirda dzyudo boʻyicha ikki karra jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari sovrindori, “Oʻzbekiston iftixori” koʻkrak nishoni sohibi Rishod Sobirov, Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Asqar Jadigerov, kurash sport turi boʻyicha oʻn uch karra Oʻzbekiston chempioni, besh karra Osiyo chempioni, faxriylar oʻrtasida jahon chempioni Aʼzamjon Shokirjonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

- Sport - bu mening hayotim, sport orqali ancha doʻstlar orttirdim, dunyo kezdim va mashhurlikka erishdim. Agar sizlar ham sport yoʻnalishida ketmoqchi boʻlsangiz, mehnatdan qochmang, qiyinchiliklarni yengib oʻtsangiz albatta kelajakda mashhur sportchi boʻlasiz, - dedi Rishod Sobirov.

Tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan tadbir yakunida yosh sportchilarga diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169