Xorazmda murabbiylarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etayotir.

Ayni damda, joylarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham hayotga keng tadbiq etilmoqda.

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida mazkur qaror ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan uyushtirilgan seminarda Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari, boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari, sport maktablari va ta'lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, metodist va katta trenerlar, shuningdek, sport federatsiyalari hamda assosiasiyalarning mas'ullari ishtirok etishdi.

Seminarda markazning Nukus filiali direktori Quvonchboy Mamutov, filial bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qayupov, Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i Sherali Buxorovlar qatnashib, mazkur qarorning mazmun-mohiyati va afzalliklari haqida so‘z yuritishdi. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish, sport sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida intensiv qayta tayyorlash va malaka oshirish lozimligini ta'kidlashdi.

O‘z navbatida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jonibek Meyliev hukumatimizning ushbu qarorining muhim jihatlariga to‘xtalib, ushbu hujjat mamlakatimiz sportini yanada rivojlanishiga, buning barobarida, yoshlarni jismonan va ma'nan sog‘lom ruhda voyaga yetkazishga, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratadigan sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilishiga e'tibor qaratdi.

Fursatdan foydalanib, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169