Gandbol: Namanganda “Trofi kubogi” xalqaro musobaqasi yakunlandi

Namangan shahrida oʻtkazilgan gandbol boʻyicha xalqaro “Trofi kubogi” musobaqalari 15-dekabr kuni oʻz yakuniga yetdi. Ikki yosh toifasida tashkil etilgan musobaqalarda Oʻzbekiston, KXDR va Tailand mamlakatlarining U-19 hamda U-17 yoshli qizlar terma jamoalari gʻoliblik uchun maydonga tushishdi.

19 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtgan musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Garchi ilk uchrashuvda koreyalik tengdoshlariga kichik farq bilan imkoniyatni boy bergan boʻlsa-da, ikkinchi uchrashuvda hamyurtlarimiz 32:27 hisobida gʻalaba qozonishdi va bosh sovrinni qoʻlga kiritishdi.

17 yoshli qizlar musobaqasida esa hamyurtlarimiz Tailand jamoasiga qarshi kechgan bahsda omadsizlikka uchradi va 3-oʻrin bilan kifoyalandi. Ushbu yosh toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi 2020-yilda Fransiyada boʻlib oʻtadigan qitʼalararo musobaqada Osiyo qitʼasi sharafini himoya qiladi.

Shuni taʼkidlash kerak, musobaqa davomida gandbol boʻyicha mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan trener va hakamlar hamda xorijlik mehmonlar uchun Xalqaro gandbol federatsiyasi ekspertlari ishtirokida seminar-trening ham tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169