Trenerlarga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Maʼlumki, 2019-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 918-sonli qarori imzolangan edi.

Bugun Fargʻona shahar futbol maktabi majlislar zalida mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining direktori Ilhomjon Tursunaliyev, Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi v.b. Murod Dadaboyev hamda tegishli mutaxassislar, viloyatdagi barcha sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalarning rahbarlari, sport taʼlimi muassasalari direktorlari, ularning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda uslubchi yoʻriqchilari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan belgilab berilgan barcha topshiriqlar va vazifalar, shuningdek, vazirlik huzuridagi jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Markaz direktori Ilhomjon Tursunaliyev zarur tushunchalar berib oʻtdi.

Oʻquv-seminar savol-javob tariqasida oʻtkazildi va unda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
03.08.2020 | 22:25
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169