OʻzDJTSUning yana 6 nafar professor-oʻqituvchilari PANIning haqiqiy muxbir aʼzoligiga qabul qilindi

Rossiya Federatsiyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Petrovskiy nomidagi fan va sanʼat akademiyasining haqiqiy muxbir aʼzoligiga qabul qilingan universitetning professor-oʻqituvchilari soni 11 nafarga yetdi.

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ushbu taʼlim dargohining bir qator professor-oʻqituvchilariga Petrovskiy nomidagi fan va sanʼat akademiyasining haqiqiy muxbir aʼzolik diplomlari hamda koʻkrak nishonlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Xabaringiz bor, joriy yil oktyabr oyida mamlakatimizda Petrovskiy nomidagi fan va sanʼat akademiyasi – PANIning alohida boʻlimi tashkil etilib, unga universitet rektori, professor Mahmudjon Boltaboyev bosh kotib etib tayinlangandi. Shuningdek, universitetning 4 nafar professor-oʻqituvchilari – G.Asatova, D.Safarova, A.Eshtayev va N.Gʻafforov PANIning haqiqiy muxbir aʼzoligiga qabul qilinib, diplom va koʻkrak nishoni topshirilgan edi.

Bugun universitet professor-oʻqituvchilaridan yana 6 nafari, jumladan R.Matkarimov, K.Yarashev, D.Arziqulov, S.Tojiboyev, B.Musayev hamda R.Nurimov PANIning haqiqiy muxbir aʼzoligiga qabul qilindi.

Diplom va koʻkrak nishonlarini oʻz egalariga universitet rektori M.Boltaboyev topshirib, ularni samimiy muborakbod etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169