Trenerlar faoliyati boʼyicha navbatdagi seminar Namanganda boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʼzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 918-sonli qarori mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, tizim tashkilotlari oʼrtasida aloqalarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish maqsadida Namangan viloyatida seminar tashkil qilindi.

Seminarda Namangan viloyat sport boshqarmasi boshligʼi Sh.Qoraboev, Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori Tursunaliev Ilxomjon Аxmedovich xamda direktor oʼrinbosari Аkramov Jasur Аnvarovich sport taʼlim muassasasi rahbarlari, rahbar oʼrinbosarlari, instruktor-metodist va katta trenerlari, sport federatsiyalari masʼullari, Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Fagʼona filiali vakillari va 300 nafardan ortiq jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ular seminar qatnashchilariga ushbu qaror mazmuni va mohiyatini batafsil tushuntirib berishdi. Qaror yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob beriishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169