Buxoroda seminar tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 918-sonli qarori mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, tizim tashkilotlari oʻrtasida aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida bugun Buxoro IOZMI seminar tashkil qilindi.

Ushbu seminarda tuman, shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari boshliqlari, sport taʼlim muassasalari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari, instruktor–metodist va katta trenerlar, sport federatsiyalari masʼullari qatnashishdi.

Mazkur seminarda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mutaxassislari Quvonchbek Maʼmutov va Jahongir Koipovlar soʻzga chiqib mazkur qaror mazmuni, mutaxassislarni ilmiy metodik taʼminlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda kiritilgan oʻzgarishlar haqida tushunchalar berishdi.

Seminar yakunida tashrif buyurganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
03.08.2020 | 22:25
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169