“Paxtakor“ markaziy stadionining buzilishi borasida

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “Paxtakor” markaziy stadionining buzilishiga nisbatan eʼtirozlar bildirilmoqda.

Bu borada shuni maʼlum qilamizki, “Paxtakor” klubi rasmiy saytida stadionning aniq buzilish sanasi maʼlum emasligi haqida bayonot berilgan.

Unga koʻra, ayni paytda stadionning yangi koʻrinishi qanday boʻlishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. “Paxtakor” klubi rasmiy saytida eʼlon qilingan tenderdan soʻng 20 ga yaqin kompaniyalar oʻz takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning eng soʻnggi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli yakuniy qarorga kelishdan avval barchasini puxta oʻylab koʻrish talab etiladi.

“Maʼqul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning koʻrkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida toʻxtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq boʻlishi bilan bu haqida maʼlumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi”, deyiladi klub bayonotida.

Yana shuni qoʻshimcha qilish kerak, biroz avval “Paxtakor“ futbol klubi matbuot xizmati bergan bayonotga koʻra, stadion qurilishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlar toʻliq homiylar hisobidan qoplanishi maʼlum qilingan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169