Sportchimiz jahonda “Yilning eng mashhur taekvondochisi” soʻrovnomasida yetakchilik qilmoqda

Xitoyning Usi shahri mezbonlik qiluvchi “Katta dubulgʻa” seriyasining yakuniy bosqichi hamda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari saralashi doirasida Usi shahri Taekvondo WT qoʻmitasi mazkur sport turida 10 ta yoʻnalish boʻyicha “Yilning eng yaxshilari”ni aniqlamoqda.

Nominatsiyalar orasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Yilning eng yaxshi jangchisi”, “Yilning eng koʻrkam taekvondochi”, “Gʻoliblikni eng yaxshi nishonlash”, “Ijtimoiy tarmoqlardagi yilning eng mashhur taekvondochi” kabi yana beshta, umumiy 10 ta yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlanmoqda.

Nominatsiyalarga ovoz berish Instagram hamda Weibo tarmoqlarida muxlislar tomonidan “like” – “yoqdi” belgisini bosish orqali amalga oshiriladi. Gʻoliblar ularga bosilgan “like”lar soniga qarab aniqlanadi.

Mazkur nominatsiyalar uchun 2019-yilgi “Katta dubulgʻa” seriyasi tashkilotchilari hamda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi 128 nafar nomzodni saralab olgan.

Saralab olinganlar orasida sportchimiz Nigora Tursunqulova “Ijtimoiy tarmoqlardagi yilning eng mashhur taekvondochi” nominatsiyasida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, ushbu nominatsiyada Svetlana Osipova, Charos Qayumova, Nikita Rafalovich hamda Jasurbek Jaysunovlarning ham nomzodi saralab olingan.

Gʻoliblar Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va Usi shahri Taekvondo WT qoʻmitasining maxsus sovrini hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Marhamat, taekvondochimiz — Nigora Tursunqulovani qoʻllab quvvatlang va unga OVOZ BERING!

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169