Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshligʻi Bahodir Ismoilovich Mamatnazarov 36 yoshga toʻldi.

Bahodir Mamatnazarov 1983-yil 13-dekabrda koʻhna va hamisha navqiron Buxoro shahrida tugʻilgan. 1997-2002-yillarda Chirchiq Olimpiya zaxiralari bilim yurtida tahsil olgan. 2002-2007-yillar davomida esa Buxoro davlat universiteti talabasi.

U mehnat faoliyatini Buxoro shahar hokimligi Madaniyat va sport ishlar boʻlimi ommaviy sportni rivojlantirish va sport tadbirlarini tashkil etish boʻlimi bosh inspektori lavozimidan boshlab, soʻngra Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Buxoro shahar filialida bosh mutaxassis, Buxoro viloyati filiali yetakchi mutaxassisi, 2009-yildan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi nazoratchisi, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻriqchi-uslubchi boʻlib ishlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2019-yildan ushbu boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

B.Mamatnazarov mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishdagi faoliyati uchun “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Bahodir Mamatnazarovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatida ham omad yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169