OʻzDJTSUda ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

2019-yil 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 4-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda vazirlik vakillari, chet ellik olimlar, murabbiy va mutaxassislar, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltaboyev yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. Maʼruzachi oʻz nutqida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 29-oktyabr kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonunida belgilab berilgan vazifalar, qolaversa 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoniga muvofiq tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”, 2017-yil 9-martdagi “2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini munosib tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ–2821-son qarori, 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3031-son qarorlariga eʼtibor qaratdi.

Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining faoliyatini yanada jonlantirish orqali oʻzbek sporti uchun mahoratli sportchilar, malakali murabbiy va mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Anjuman ishtirokchilari bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha pedagogik, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar bazasini yaratish, qizlarni sportga yanada kengroq jalb qilish, oilalarda sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va saralash tizimini takomillashtirish, yetuk sport mutaxassislarini tarbiyalash boʻyicha fikr almashdi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, professor-oʻqituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Ayniqsa, tadbirda sohada koʻzga koʻringan olimlar bilan birga Belorus davlat jismoniy tarbiya universitetining “Psixologiya” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Vladimir Siviskiy hamda “Bioximiya va fiziologiya” kafedrasi mudiri, Biologiya fanlari doktori Irina Rubchenya hamda rossiyalik olim Viktor Shiyanning xalqaro mutaxassis sifatida ishtirok etib, soha rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammolar haqidagi aniq takliflari, mulohazaga boy chiqishlarini alohida eʼtirof etish joiz.

Konferensiyaning yalpi va shoʻba majlislarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport nazariyasi va uslubiyatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, ommaviy sportda trenirovka mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyalari, adaptiv jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatlari, jismoniy tarbiya va ommaviy sportning tibbiy-biologik taʼminoti, jismoniy tarbiya va ommaviy sportning ijtimoiy-madaniy hamda psixologik muammolari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar kasbiy tayyorgarligining zamonaviy yechimlari mavzusida atroflicha soʻz yuritildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169