“Masters“ turnirining 1-kunida dzyudochilarimiz 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyning Sindao shahrida dzyudo boʻyicha nufuzli “Masters“ seriyasiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtmoqda. Bugungi bahslarda Diyora Keldiyorova va Sharofiddin Lutfullayevlar bronza medalini qoʻlga kiritdi.

-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Sharofiddin Lutfullayev bronza medal uchun bellashuvda qozogʻistonlik Gusman Qirgʻizboyevni magʻlubiyatga uchratdi va terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi. Eslatib oʻtamiz, Sharofiddin bungacha Xitoy, Braziliya va Rossiya vakillarini magʻlub etib, yarim finalda esa jahon reytingida birinchi oʻrinni egallab turgan yaponiyalik Ryuju Nagayamaga imkoniyatni boy berib qoʻygan edi.

-52 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Diyora Keldiyorova esa rossiyalik kuchli raqibasi Nataliya Kuziutinaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi evaziga gʻalaba qozondi. Shu tariqa Keldiyorova va Lutfullayevlar bronza medali bilan birga qimmatli 900 reyting ochkosiga ham ega chiqishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169