MMA yulduzi Murod Xontoʻrayev yosh sportchilar davrasida

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5ta muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlari va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mazkur jarayonda taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Xususan, mashhur sportchilar bilan maktab oʻquvchilari hamda mahalla yoshlarining uchrashuvlarini tashkil etish orqali yoshavlod qalbida sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va ularni sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish ustuvor vazifalardan etib belgilangan.

Shu maqsadda joriy yil 11-dekabr kuni MMA chempioni, taniqli sportchi Murod Xontoʻrayev poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 1-sonli BOʻSMga tashrif buyurdi hamda sport maktabi shugʻullanuvchilari va mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Shuningdek, M.Xontoʻrayev yosh sportchilarga mahorat saboqlarini ham oʻtdi.

Uchrashuvda hududdagi yuzdan ziyod yoshlar ishtirok etdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169