Taekvondo WTF: “Katta dubulgʻa” turnirida 5 nafar sportchi bilan qatnashamiz

Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, joriy yil 18-20-dekabr kunlari Xitoyning Usi shahrida ushbu sport turi boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston sharafini terma jamoamizning 5 nafar aʼzosi himoya qiladi.

“Katta dubulgʻa” musobaqasida yurtimiz nomidan qatnashayotganlarning uch nafarini qizlar tashkil qilsa, yana ikki nafari yigitlardir. Ular safidan yaqindagina Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan “Moscow Grand-Prix Final” turniri bronza medali sovrindori Nikita Rafalovich ham joy olgan.

Quyida “Katta dubulgʻa” turnirida qatnashadigan sportchi va trenerlarimiz roʻyxati bilan tanishing:

-57 kg. Charos Qayumova

-67 kg. Nigora Tursunqulova

+67 kg. Svetlana Osipova

-68 kg. Jasurbek Jaysunov

-80 kg. Nikita Rafalovich

Trenerlar shtabi:

Kim Jin Yung – Bosh trener

Kim Aleksandr – katta trener

Xvan Dmitriy – katta trener

Li Pavel – shifokor

Biz boʻlajak musobaqada sportchilarimizga omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169