Ogʻir atletika: Zafarjonov ham jahon kubogida uchta medalga sazovor boʻldi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyning Tyanszin shahrida ogʻir atletika boʻyicha Jahon kubogi musobaqalari davom etmoqda.

Bugungi bahslarda erkaklar orasida -89 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sarvarbek Zafarjonov ham oʻz ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

19 yoshli atletimiz dast koʻtarish mashqida 156 kg, siltab koʻtarish mashqida esa 190 kg, ikkikurashda umumiy 346 kg toshni oʻziga boʻysundira oldi. Bu natija yakunda Zafarjonovga dast koʻtarish mashqida kumush, siltab koʻtarish hamda ikkikurashda bronza medalini taqdim etdi. Shuni taʼkidlash kerak, Sarvarbek Zafarjonov oʻz guruhidagi eng yosh ishtirokchi edi.

Ushbu vazn toifasida oltin medalni Janubiy koreyalik Dong Ju Yu qoʻlga kiritdi. U dast koʻtarishda 160 kg, siltab koʻtarishda 205 kg va ikkikurashda 365 kg natijani qayd etdi. Yaponiya terma jamoasi aʼzosi Yamomota esa (155+195+350) 2-oʻrinni egalladi.

Eslatib oʻtamiz, jahon kubogining qizlar oʻrtasidagi musobaqalarida hamyurtimiz Muattar Nabiyeva ham uchta bronza medaliga sazovor boʻlgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169