Ogʻir atletika: vakilamiz Jahon kubogida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

Ayni kunlarda Xitoyning Tyanszin shahrida ogʻir atletika boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda. Bugun ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Muattar Nabiyeva 3 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Mazkur vaznda Muattar Nabiyeva dast koʻtarishda 88 kg, siltab koʻtarishda 111 kg va ikki kurash yakuni boʻyicha esa 199 kilogramm bilan har bir yoʻnalishda 3-oʻrinni qayd etdi.

Shuningdek, bugun boʻlib oʻtadigan bahslar doirasida Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg), Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) hamda Nigora Suvonova (-71 kg) kabi vakillarimiz ham ishtirok etishadi.

Quyida Jahon kubogida -55 kg vaznda ayollarning qayd etgan natijalari bilan tanishing:

1. Vansion Jang (Xitoy) – 212 kg (96 kg + 116 kg)
2. Siyun Liao (Xitoy) – 210 kg (95 kg + 115 kg)
3. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 199 kg (88 kg + 111 kg)

5. Nigora Abdullayeva (Oʻzbekiston) – 169 kg (77 kg + 92 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169