Qashqadaryoda “Bosh vazir kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi

Bugun Qashqadaryoda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, shuningdek, bir nechta mutasaddi tashkilotlar hamkorligida viloyatdagi barcha boshqarma, tashkilot hamda idoralarning apparat xodimlari oʻrtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqa Qarshi shahrida joylashgan “Nasaf” futbol akademiyasi futbol maydonlarida hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatidagi voleybol zalida tashkil etildi. “Bosh vazir kubogi”da 25 ga yaqin boshqarma, idora hamda tashkilotlarning 300 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida futbol bahslarida 1-oʻrinni viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi jamoasi, 2-oʻrinni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat hududiy boshqarmasi jamoasi, 3-oʻrinni esa viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasidagi voleybol musobaqalarida 1-oʻrinni Qarshi davlat universiteti jamoasi, 2-oʻrinni viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi jamoasi, 3-oʻrinni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoalari qoʻlga kiritishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan kubok, diplom, medal, hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169