Badminton: terma jamoamiz xalqaro turnirda ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Bangladeshning Dakka shahrida va Turkiyaning Anqara shahrida badminton boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan 3 nafar sportchi ishtirok etmoqda. 

Mazkur xalqaro turnirlarda badminton boʻyicha dunyoning 28 ta davlatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bu esa oʻz oʻrnida badminton boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolarining jismoniy holatini tekshirish va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish vazifasini oʻtab beradi.

Xalqaro musobaqalar Xalqaro badminton federatsiyasi tartib-qoidalariga muvofiq oʻtkazilib, unda sportchilarimiz Olimpiya oʻyinlariga yuqori reyting ballarini qoʻlga kiritish uchun bahs olib borishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169