Gandbol: oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi

Toshkent shahri va Navoiy viloyatlarida gandbol boʻyicha 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmir qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan koʻplab sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Qizlar oʻrtasida oʻtqazilgan bahslarda Xorazm viloyati jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada esa Toshkent shahridagi RIOZMI jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunda gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169