Namangan xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 10-15-dekabr kunlari Namangan shahrida gandbol boʻyicha xalqaro “Trofi” kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqada oʻz mintaqalarida gʻolib boʻlgan 17 va 19 yoshli qizlardan iborat Oʻzbekiston, Tailand va KXDR terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Musobaqada har 2 yosh toifasida gʻalaba qozongan mamlakatlar turnirning qitʼalararo bosqichiga yoʻl oladi. Taʼkidlash joiz, ushbu musobaqa 2020-yili Fransiyada boʻlib oʻtadigan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi oʻsmirlarimiz uchun tayyorgarlik jarayonini oʻtab beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169