Sindaoda 11 nafar hamyurtimiz tatamiga ko'tariladi

12–14-dekabr kunlari Xitoyning Sindao shahrida dzyudo bo‘yicha Masters turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkaziladi. Dunyoning 68 mamlakatidan 454 nafar sportchi qatnashadigan mazkur turnirda hamyurtlarimizdan 11 nafari 8 ta vazn toifasida tatamiga ko‘tariladi.

Qayd etish lozim, yilning so‘nggi nufuzli musobaqasi g‘oliblari 1800 reyting ochkosini o‘z hisoblariga yozib qo‘yishadi. Bu Jahon chempionatidan keyingi eng katta musobaqa hisoblanadi. Taqqoslash uchun, shu yil Yaponiyada o‘tgan jahon chempionati g‘oliblari 2000 reyting ochkosini qo‘lga kiritishgan edi.

Sindaodagi turnirda g‘oliblik uchun bahs olib boruvchi sportchilarimiz quyidagilar: 

Erkaklar: 

-60 kg

Sharofiddin Lutfillayev
Diyorbek O‘rozboyev

-66 kg

Sardor Nurillayev
Shahram Ahadov

-73 kg

Hikmatulloh To‘rayev

-81 kg

Sharofiddin Boltaboyev
Kamoliddin Rasulov

-100 kg

Muhammadkarim Xurramov

+100 kg

Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:

-52 kg

Diyora Keldiyorova

-70 kg

Gulnoza Matniyozova

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169