Taekvondo WT: Nikita Rafalovich Moskvada bronza medaliga sazovor boʻldi va Tokio-2020 sari muhim qadam tashladi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo boʻyicha “Moscow Grand-Prix Final” musobaqasi davom etmoqda.

Kecha ushbu musobaqada erkaklar oʻrtasida -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich bronza medaliga sazovor boʻldi.

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchimiz bronza medali uchun kechgan jangda misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqdi va 7:5 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa, Nikita yilning soʻnggi nufuzli musobaqasida bronza medal hamda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari uchun qimmatli boʻlgan 28,8 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Rafalovich 1/8 finalda avstraliyalik Jek Martonni 20:0, chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiyani 15:3 hisobida magʻlub etgandi. Yarim finalda esa ozarbayjonlik Milad Beigi Xarcheganiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va natijada bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi.

Taʼkidlash kerak, ayni paytda olimpiada reytingida kuchli beshlikdan joy olib turgan hamyurtimiz toʻrt yillikning nufuzli musobaqasiga litsenziyani deyarli naqd qildi. Umid qilamizki, tez orada Nikita Rafalovichning Tokio-2020 olimpiadasiga litsenziyani qoʻlga kiritganligi rasman eʼlon qilinadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot kotibi

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169