Qaror ijrosi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-4495 qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot” shiori ostida mazkur maktab jamoasi taʼlim muassasasi rahbari Samugʻ Abidov boshchiligida 14 nafar oʻquvchi hamrohligida “Urush va mehnat faxriylari” pansionatida istiqomat qilayotganlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mehr va muruvvat” tadbirini oʻtkazdi. Unda sanitar-gigiyeniya vositalari urush va mehnat faxriylariga xayr-ehson tariqasida ulashildi.

Oʻquvchilar faxriylar bilan suhbatlar uyushtirib, ularning hayoti bilan qiziqishdi. Oʻz navbatida pansionat rahbari F.Akramova xodimlari hamda faxriylar nomidan katta minnatdorlik bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169