Saylov-2019: tizimdan 6 nafar vakil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

22-dekabr kuni yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar hamda tuman Kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Shu kuni mamlakatimizning barcha fuqarolari oʻzlarining fuqarolik burchini amalga oshirish uchun saylovlarda ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda vazirlik tizimidagi bir qator tashkilotlarning xodimlari ham saylovda oʻz nomzodlarini ilgari surishmoqda.

Quyida deputatlik uchun oʻz nomzodlarini ilgari surayotgan vazirlik hamda tizim tashkilotlari xodimlari bilan tanishing:

Toshpoʻlatov Oʻtkirbek Odiljonovich – Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan;

Tojiboyev Inomjon Xolboyevich – Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan;

Raxmanov Oybekjon Ebadullayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan;

Roʻziyev Shuhrat Ashurovich – Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan;

Gʻafforov Nodir Nasriyevich – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan;

Vohidov Erkin Zairovich – Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi direktori, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan.

Boʻlajak saylovlarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda tizimdagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun saylovlarda omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169