Taekvondo ITF: Poytaxtimizda Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda

Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston“ sport majmuasida boʻlib oʻtayotgan taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi yilning mamlakat miqyosidagi soʻnggi nufuzli musobaqasi hisoblanadi. Turnirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 1430 nafar sportchi gʻoliblik uchun dayanga chiqmoqda. Kecha Oʻzbekiston kubogining birinchi kuni 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi. Bugun esa kattalar oʻrtasidagi bahslar tashkil etiladi.

Shuningdek, kecha Oʻzbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Butunjahon Xapkido Kumdo federatsiyasi prezidenti Jang Xi Chang hamda Xalqaro WASCO, yaʼni Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati federatsiyasi prezidenti, professor Jianni Saritsu va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Marosimda Jianni Saritsu Oʻzbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovni Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini eʼlon qildi. Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbogʻ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirdi. Maʼlumot uchun, Gʻofurjon Abduvaliyev Oʻzbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Yana bir hamyurtimiz Abdulhakim Shaubayev Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati WASCO federatsiyasining Osiyo qitʼasiga prezident lavozimida ish boshlaydigan boʻldi. Bu maʼlumotni Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati WASCO federatsiyasi prezidenti, professor Jianni Saritsu ham Toshkentda oʻtkazilayotgan taekvondo ITF boʻyicha Oʻzbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimida rasman eʼlon qildi. Maʼlumot uchun, Abdulhakim Shaubayev parallel ravishda Butunjahon Xapkido Kumdo federatsiyasining Markaziy Osiyo mintaqasi prezidenti lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169