Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmi soddalashtirilib, trenerlarning maoshi oshiriladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari bo‘yicha trenerlar mehnatiga haq to‘lashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestasiyadan o‘tkaziladi.

Shuningdek, qaror bilan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi, respublika oliy sport mahorati maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlari mehnatini munosib rag‘batlantirish belgilandi.

Unga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport maktablari hamda maktab-internatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

direktor va direktor o‘rinbosarlariga – 1,35 baravarga;

trenerlar, instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.

Savol tug‘iladi: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakat sporti rivojiga nima beradi?

Birinchi navbatda ushbu qaror orqali barcha sport maktablari va maktab-internatlari xodimlarining maoshlari sezilarli darajada oshirildi. Bundan ruhlangan trener va instruktor-metodistlar endilikda ishiga yanada jiddiy mas’uliyat bilan yondashadi. Tabiiyki bundan faqat sportimiz yutadi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ilgari oliygohni tugatgach, trenerlik faoliyatini boshlashi uchun attestasiyadan o‘tishi, eng yomoni, buning uchun pul to‘lashi majburiy edi. Endi esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri trenerlik sertifikatiga ega bo‘lishadi.

Qarordagi yana bir muhim jihat, endi trenerlar attestasiyadan har besh yilda o‘tishadi. Ilgari esa trener va instruktor-metodistlar har uch yilda attestasiyadan o‘tishlariga to‘g‘ri kelardi.

Shuningdek, qarorda yana bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilganki, bular faqat va faqat o‘zbek sporti taraqqiyotiga xizmat qiladi, deb baralla aytish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169