Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan zamonaviy beshekurashchilarimiz tantanali kutib olindi

Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi rahbariyati, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Xususan, mazkur tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov sportchilarni mazkur yutuq birlan tabriklab, ushbu g‘alabalar Tokioda ham davom etishiga umid qilishini ta’kidladi. 

Qayd etish lozim, hamyurtlarimiz O‘zbekiston sporti tarixida ilk marotaba mazkur yo‘nalishda olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169