Dzyudo: Oʻzbekistonlik murabbiy Yaponiyadagi nufuzli seminarda ishtirok etyapti

Shu kunlarda dzyudo vatani Yaponiyada 1 oyga moʻljallangan seminarda Xitoy, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Myanma, Isroil, Suriya va Oʻzbekistondan kelgan murabbiylar ishtirok etishib, oʻz tajribalarini oshirishmoqda.

Mazkur seminarga yurtimizdan isteʼdodli murabbiy Muhammad Behzod Baxtiyorov taklif etilgan. Seminarga Olimpiada chempioni, Yaponiya terma jamoasi murabbiyi Kosey Inoue boshchilik qilyapti.

Seminar yakunida murabbiylarga Yaponiyada malakasini oshirganligi haqidagi tegishli diplom, sertifikat va guvohnoma topshiriladi. Murabbiylar oʻz yurtlariga qaytganlaridan soʻng oʻrgangan bilimlarini yosh hamkasblari hamda hakamlarga oʻrgatish maqsadida seminar tashkil qilishadi.

Maʼlumot uchun, Tokioda boshlangan xalqaro murabbiylik seminari ayni kunlarda Kanagava shahrida davom etmoqda. Shundan soʻng murabbiylar 22-24-noyabr kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida oʻtkaziladigan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirni tomosha qilishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169