Navoiy viloyati hokimi sportchilar va iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi

Kuni kecha Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov boshchiligida nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda sportchilar, fan-texnika yoʻnalishida yutuqlarga erishgan yoshlar, murabbiylar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Jumladan, 2019-yil mobaynida sportchilarimiz Jahon chempionatlari va kuboklarida 29 ta, Respublika musobaqalarida mingga yaqin turli darajadagi medallarni qoʻlga kiritdi.

Bularga misol qilib, ogʻir atletikachi qizlar – Xalqaro toifadagi sport ustalari Kumushxon Fayzullayeva, Doleraxon Davronova va sport ustaligiga nomzod Nigora Suvonovalarning Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahridagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etganini keltirib oʻtishimiz mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 19:09
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169