Nafosat malikalari Navoiyda oʻzaro musobaqalashadi

Joriy yilning 21-25-noyabr kunlari Navoiy shahrida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “NKMK kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Soʻgʻdiyona” jismoniy tarbiya va sport klubining 2019-yilgi sport tadbirlari taqvim rejasiga muvofiq tashkil etiladigan mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan jamoalar hamda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi oʻnga yaqin davlatdan ham sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sir emaski, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ayniqsa badiiy gimnastikani yanada ommalashtirishga jiddiy eʼtibor berilmoqda. “NGMK kubogi” kabi musobaqalar esa ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning uzviy davomi boʻlib, unda qator xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etishi musobaqaga boʻlgan qiziqishni yanada oshiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169