Zamonaviy beshkurashda ham ilk marotaba olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga lisyenziya beruvchi musobaqada zamonaviy beshkurashchimiz Alise Faxrutdinova ilk marotaba yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. 

Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan turnirda hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi va bu delegatsiyamiz uchun Olimpiya o‘yinlari litszenziyasini taqdim etdi.

Xususan, musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

1. Janubiy Koreya

2. Yaponiya

3. O‘zbekiston

4. Xitoy

5. Qozog‘iston

Qayd etish lozim, mazkur musobaqada 13 mamlakatdan kelgan 26 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169