Gandbol: erkaklar oʻrtasidagi bahslar yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Gandbol federatsiyasi oʻzaro hamkorlikda erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslarini oʻtkazib kelmoqda.

Ushbu chempionatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyati terma jamoalari bilan bir qatorda UIOZMI (Urganch), RIOZMI (Toshkent), IBOʻSM (Toshkent) hamda OKMK (Olmaliq) jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan chempionat qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrinni OKMK, 2-oʻrinni esa Xorazm viloyati jamoasi egallagan boʻlsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri jamoasi yakun yasab berdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining 4-davra oʻyinlari 24-noyabr kuni boshlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169