Tugʼilgan kun muborak!

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Zarifbaev Jasur Shavkatovich 33 yoshga toʼldi.

Jasur Zarifbaev 1986 yil 11 noyabrda Qoraqalpogʼiston Respublikasining Аmudaryo tumanida tugʼilgan. Oʼrta maktabni tugatgach, 2006-2010 yillarda Oʼzbekiston milliy universitetini bakalavriat, 2010-2012 yillarda esa magistratura yoʼnalishini hamda 2018 yil Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2010 yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligida 1-toifali ish yurituvchi-kotib sifatida boshlagan J.Zarifbaev 2012-2013 yillar davomida Madaniyat va sport ishlari vaziri yordamchisi, 2013 yilda Toshkent viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, 2014 yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Аxborot-tahlil va matbuot xizmati boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, 2015 yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017 yildan Madaniyat vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari va 2018 yildan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Jasur Zarifbaevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169