Dunyoga mashhur AVIC International kompaniyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlik qilmoqchi

Bugun Xitoyning jahonga mashhur AVIC International xolding kompaniyasi rahbari janob Ven Sin O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni vazirning o‘rinbosari Nodir Murotov qabul qildi.

O‘zaro muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Jumladan, AVIC International xolding kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bilan qarayotganligini ta’kidlab, mamlakatimizda sport infratuzilmasini mustahkamlashda o‘zlarining amaliy yordamini taklif qildi.

Xususan, xitoyliklar mamlakatimizda innovasion texnologiyalar asosida yengil konstruksiyali sport majmualarini qurishda o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirdi.

- Bugun O‘zbekistonda sportga katta e’tibor qaratilayotganidan mamnunmiz, - dedi muloqot chog‘ida AVIC International xolding kompaniyasi prezidenti janob Ven Sin. – Shu bilan birga mamlakatingiz 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilishga da’vogarlardan biri ekanligidan ham xabarimiz bor. Bu yo‘lda O‘zbekistonga omad tilagan holda yurtingizda mavjud sport infratuzilmasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda amaliy hamkorlik qilishga tayyormiz.
Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alari bilan almashishdi.

Ma’lumot uchun: AVIC International xolding kompaniyasiga 1979 yilda asos solingan bo‘lib, ayni vaqtda kompaniya tizimida 90 ming nafardan ziyod ishchi-xodim faoliyat olib bormoqda. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 2018 yilda 24 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169