Prezident Farmoniga muvofiq Jahon chempionlari taqdirlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4056-son Farmoniga muvofiq bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

Farmonga koʻra Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlariga bir yoʻla beriladigan pul mukofotlari quyidagi miqdorlarda belgilangan:

oltin medal — 12 000 AQSH dollari;

kumush medal — 6 000 AQSH dollari;

bronza medal — 3 000 AQSH dollari.

Taqdirlash marosimi bugun soat 18:00 da Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosining 15-qavatida boʻlib oʻtadi. Barcha OAV xodimlarini kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169