Bodibilding: sportchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etadi

2019-yilning 4-11-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chedju shahrida bodibilding va fitnesning WBPF yoʻnalishi boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Chempionatda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Temur Sobirov boshchiligidagi 2 nafar murabbiy, 2 nafar hakam va 12 nafar sportchi bilan joʻnab ketadi. Ularning sarf-xarajatlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mazkur jahon chempionati Xalqaro bodibilding federatsiyasi tartib-qoidalariga muvofiq bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqa hisoblanadi.

Ushbu musobaqada bodibilding boʻyicha dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 600 nafarga yaqin eng kuchli sportchilar ishtirok etadi. Bu esa oʻz oʻrnida bodibilding sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining jismoniy holatini tekshirish va kelgusi musobaqalarda yuqori natijaga erishish va tayyorgarlik koʻrish vazifasini bajaradi.

Chedju shahrida bodibilding va fitnesning WBPF yoʻnalishi boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston sport delegatsiyasining tarkibi quyidagicha:

1. Yelena Bekirova

2. Rushana Maksumova

3. Doston Xasanov

4. Xabibulla Nizamov

5. Pavel Umurzakov

6. Guljaxon Turdikulova

7. Baxshulla Sayfullayev

8. Nikolay Filippov

9. Angilina Osipyan

10. Shamshod Kabilov

11. Vyacheslav Djurayev

12. Danil Svechnikov

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169