Yurtimizda "Xalqaro dzyudo kuni" keng miqyosda nishonlandi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bazasida “Xalqaro dzyudo kuni” munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ visye-prezidenti, Milliy Paralimpiya assotsiasiyasi rahbari Muxtorxon Tashxodjayev, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov, shuningdek, sport faxriylari va OAV vakillari ishtirokida bayram tadbiri o'tkazildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan sportga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlab, o‘zbek dzyudosining tarixi va kelajagi haqidagi fikrlarga ham to‘xtalib o‘tishdi. 

“Bugun yurtimizda ham “Xalqaro dzyudo kuni” keng nishonlanmoqda. Biz ham ushbu tadbirga o‘z xissamizni qo‘shmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, o‘zbek dzyudosi oilasini ushbu kun bilan tabriklab qolaman. Nasib qilsa, dzyudochilarimiz Tokio Olimpiadasida ham g‘alabali ishtiroki bilan yurtimizda sportning rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shishadi. O‘z navbatida, sportchilarimizning mana shunday qulay joylarda shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimizga ham tashakkur aytib o‘taman”, – dedi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi prezidenti Azizjon Kamilov.

Tadbirning ikkinchi qismida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, federatsiya rahbariyati hamda terma jamoa a’zolari va yosh dzyudochilar bugungi kun tashabbusi bilan O‘zbekiston dzyudo federasiyasi tashqarisida ajratilgan maxsus joyga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Qayd etish lozim, Xalqaro dzyudo federasiyasiga a’zo 5 qit’aning 200ga yaqin mamlakatida, shu jumladan O‘zbekistonda ham bu kun o‘ziga xos dzyudo bayrami sifatida tantana qilinadi. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Daraxt ek!” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkazildi. 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169