Velosport: Oʻzbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi

Kuni kecha Toshkent shahridagi velotrek sport majmuasida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha ayollar va erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.

Musobaqada Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Fargʻona, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan kelgan 60 nafarga yaqin erkak va 9 nafar ayol velosportchilar ishtirok etishdi.

Qizlar oʻrtasidagi 21 km masofadagi guruh poygalarida barcha raqiblarini 30.16 soniyalik natija bilan ortda qoldirgan Shahnoza Abdullayeva 1-oʻrinni egalladi. Erkaklar oʻrtasidagi 124 km masofadagi guruh poygalarida esa Akrom Sunnatov 2:52.53 soniyalik natijasi bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqaning 1-bosqichida erkaklar jamoaviy, ayollar juftlik poygalarida ishtirok etishgan edi. Unda jamoaviy poygalarda Dilmurod Siddiqov, Begzod Rahimboyev, Dmitriy Bocharov, Javlon Nurmatovlar 1-oʻrinni egallashgandi. Juftlik poygalarida yesa Renata Boymetova va Shahnoza Abdullayevalar gʻalaba qozongan edi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169