Xabaringiz bor, BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi bahslari boʻlib oʻtdi. Bugungi bahslarda bir necha sportchimiz tatamiga chiqdi.
Ushbu bellashuvlarda -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan polvonimiz Hikmatulloh Toʻrayev belgiyalik Dirk Van Ticheltni vazari bahosi evaziga magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu gʻalaba Toʻrayevga bronza medali bilan birga 500 reyting ochkosini ham taqdim etdi.
Maʼlumot uchun, Hikmatulloh Toʻrayev Abu-Dabi turnirida albaniyalik Jon Vrenozi, xitoylik Daga Kving, perulik Alonso Vong, ozarbayjonlik Rustam Orujovdan ustun kelgan, yarim finalda esa kanadalik Artur Margelidonga imkoniyatni boy berib qoʻygan edi.
Eslatib oʻtamiz, bu terma jamoamizning ushbu musobaqadagi ikkinchi medali boʻldi. Kechagi bahslarda -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Diyorbek Oʻrozboyev ham bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
13.12.2019 | 13:26