Butunjahon armiya oʻyinlari: taekvondochilarimiz bitta oltin, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

Xabar berganimizdek, Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya oʻyinlari davom etmoqda. Bugungi boʻlib oʻtgan janglarda 4 nafar taekvondochimiz bitta oltin va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

-54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Otabek Turgʻanbekov misrlik Muaz Azatni 24:19 hisobida magʻlub etdi va bronza medali sohibiga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, Turgʻanbekov dastlabki bosqichda koreyalik Park Yongchulni, nimchorak finalda quvaytlik Ali Almershadni magʻlub etgandi. Chorak finalda esa braziliyalik Paulo Meloga imkoniyatni boy berdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Yana bir taekvondochimiz Feruza Sodiqova -62 kg vazn toifasida tatamiga chiqib, dominikanlik Anduxar Jenesisni yirik 46:7 hisobida taslim qildi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Maʼlumot uchun, Sodiqova musobaqani chorak finalda rossiyalik Yuli Turutina ustidan gʻalaba bilan boshladi. Yarim finalda esa xitoylik Jiye Songga yutqazib qoʻygandi.

-63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Niyoz Poʻlatov rossiyalik Janat Iskakovga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 30:0 hisobida tor-mor etdi va bronza medaliga ega chiqdi. Poʻlatov ilk bosqichda qozogʻistonlik Islamgali Abuov, soʻngra xitoylik Xairui Vangni, chorak finalda eronlik Kamron Mardanipurni magʻlub etgandi. Yarim finalda esa fransiyalik Dilan Chellamotoga yutqazib qoʻydi va bronza medali uchun kurash olib bordi.

Taekvondochimiz Charos Qayumova -53 kg vazn toifasida finalda germaniyalik Nadya Nutxaft Roxana ustidan 29:15 hisobida gʻalabaga erishib oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, Charos 1/8 finalda misrlik Maram Izatni, chorak finalda serbiyalik Tiyana Bogdanovichni, yarim finalda esa braziliyalik Leonor Saraviyani magʻlub etgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.09.2020 | 18:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169