Velosport: Toshkent shahrida Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga start berildi

Bugun Toshkent shahridagi velotrek sport majmuasida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha ayollar va erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga start berildi. Musobaqada Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Fargʻona, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan kelgan 60 nafarga yaqin erkak va 9 nafar ayol velosportchilar ishtirok etishmoqda.

Musobaqaning 1-kunida erkaklar jamoaviy, ayollar juftlik poygalarida ishtirok etishdi. Jamoaviy poygalarda Dilmurod Siddiqov, Begzod Rahimboyev, Dmitriy Bocharov, Javlon Nurmatovlar 1-oʻrinni egallashdi. Juftlik poygalarida yesa RenataBoymetova va Shahnoza Abdullayevalar gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston kubogi 25-oktyabrgacha davom etadi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, musobaqa oldidan yaqindagina Janubiy Koreyaning Chinchon shahrida boʻlib oʻtgan velotrek boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib boʻlgan Olga Zabelinskaya yosh velosportchilarga master klass oʻtkazdi. Osiyo chempionimiz master klass davomida yoshlarga velosportning trek va shosse yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrgatdi. Jarayon davomida sportchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169