Butunjahon armiya oʻyinlari: taekvondochilarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qoʻlga kiritdi

Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Bugungi kundan oʻrin olgan musobaqalarda 3 nafar taekvondochimiz dayanaga chiqib 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Ular haqida batafsil maʼlumot beradigan boʻlsak, -58 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulugʻbek Rashidov musobaqa finalida xitoylik Liang Yushuaiga qarshi dayanaga chiqdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda hamyurtimiz 17:15 hisobi bilan gʻalaba qozondi va oltin medalini terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, Rashidov finalga yetib borgunga qadar germaniyalik Sezgin Abdullatif (33:0), moʻgʻilistonlik Molom Tumenbayar (24:15), koreyalik Kim Daeik (28:11), italiyalik Vito Dell Akilalarni (13:12) taslim qilgan edi.

-68 kg vazn toifasidagi vakilimiz Sardor Toirov esa musobaqa finalida braziliyalik Edival Markesga qarshi jang qildi va 11:14 hisobida magʻlub boʻlib, kumush medaliga ega chiqdi. Bugunga qadar Toirov urugvaylik Federiko Gonsales Gomezni (21:4), keniyalik Edkin Kiptuni (38:4), rossiyalik Vyacheslav Mininni (8:3) va bolgariyalik Vladimir Dalakliyevlarni (26:23) magʻlub etgan.

Finalda yana bir taekvondochilarimizdan biri Svetlana Osipova +73 kg vazn toifasida fransiyalik Solene Avoulettega qarshi bahs olib bordi. Keskin kurashlarga boy bahsda hamyurtimiz 8:3 hisobida gʻalaba qozondi va chempionga aylandi. Maʼlumot uchun, vakilamiz finalga qadar italiyalik Laura Jiakominini (9:2) va rossiyalik Olga Muzichkani (13:1) magʻlub etgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169